Karvonsaroy

Qozog‘iston ekstremistik adabiyotlarni sotuvchi Rossiyaning onlayn do‘konlarini taqiqlamoqda

Karvonsaroy

OSTONA -- Qozog‘iston hukumati Rossiyaning bir nechta onlayn kitob do‘konlaridan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘ydi, – deb axborot beradi RIA Novosti chorshanba kuni (9-noyabr).

Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning onlayn kitob do‘konlari Qozog‘iston hukumati tomonidan ekstremistik deb topilgan va taqiqlangan adabiyotlarni sotadi.

“Shu sababli vazirlik foydalanuvchilarga eksmo.ru, ozon.ru, book24.ru va labirint.ru internet resurlariga Qozog‘iston Respublikasi hududidan turib kirishni taqiqlash uchun choralar ko‘rdi”, – deydi vazirlik o‘z bayonotida.

Ushbu bayonotga ko‘ra, vazirlik yuqorida ko‘rsatilgan veb-saytlarning administratorlari bilan yozishmalar olib borgan.

Vazirlikning ta’kidlashicha, agar noqonuniy materiallar olib tashlansa, bu saytlardan yana foydalanish mumkin bo‘ladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500