https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2017/11/13/newsbrief-02

Terrorizmga qarshi “Uchinchi jahon urushi” haqida Nazarboyev ogohlantiradi

Caravanserai

OSTONA – Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev dunyo xalqaro terrorizmga qarshi urush holatida ekanligini aytdi, deb 13 noyabr, dushanba kuni xabar beradi Kazinform.

Qozog‘iston hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va Yevrosiyo masalalarini muhokama qilishga yo‘naltirilgan xalqaro forum - Ostona Klubining 13-sessiyasida (13-noyabr, dushanba) Nazarboyev o‘z mulohazalarini bildirdi.

“Terrorizm chegara bilmaydi. Jahonning har qanday nuqtasi terrorchilarning nishoniga aylanishi mumkin” dedi Nazarboyev.

“Uchinchi mingyillik boshlanganidan buyon terrorchilik harakatlari va qurbonlari soni o‘n barobar ortdi. 2016-yilning o‘zida terrorchilik harakatlari 104 ta mamlakatda sodir bo‘ldi. Bu degani dunyoning yarmidan ko‘pi deganidir” deb aytdi Prezident.

“Terrorizmning miqyosi va jo‘g‘rofiyasini hisobga olganda biz uchinchi jahon urushi – terrorizmga qarshi urush holatidamiz”, dedi u.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (OECD) 34 ta a’zo mamlakartlarining yigirma bittasi terrorchilik hujumlariga uchragan. Bu esa Yevroosiyoga katta muammo taqdim etmoqda, deb ta’kidladi Nazarboyev.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha