Karvonsaroy

Tojikiston BMTning imkoniyatlari cheklangan shaxslar to‘g‘risidagi paktiga qo‘shiladi

Karvonsaroy

DUSHANBE -- Tojikiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining imkoniyatlari cheklangan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shilishga tayyorlanmoqda, bu haqda seshanba (14-noyabr) kuni Asia-Plus xabar berdi.

Konvensiya imkoniyatlari cheklangan shaxslarning huquq va sha’nlarini himoya qiladi. Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlardan imkoniyatlari cheklangan shaxslarning huquqlarini ilgari surish va himoya qilish hamda ularning qonunchilik ostida teng huquqlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashlari talab qilinadi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Germaniya va MDH mamlakatlaridan xalqaro ekspertlarning Dushanbe shahrida 15-noyabr (chorshanba) kuni Konvensiyaga qo‘shilishga bag‘ishlab o‘tkaziladigan ikki kunlik konferensiyada qatnashishlari kutilmoqda.

"[Qatnashuvchilar] o‘z mamlakatlarining bu konvensiyaga qo‘shilishdagi tajribalarini baham ko‘radilar", dedi Tojikiston Respublikasining imkoniyatlari cheklangan shaxslar milliy assotsiatsiyasi boshlig‘i Asadullo Zikirxudoyev Asia-Plus muxbiriga.

Tadbir Tojikiston hukumati, BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha boshqarmasi va boshqa hamkorlarning ko‘magi bilan assotsiatsiya tomonidan tashkillashtirildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500