Karvonsaroy

Qozog‘iston 1000 tonna dizel yoqilg‘isini Tojikistonga beg‘araz yetkazib beradi

Karvonsaroy

OSTONA -- Qozog‘iston hukumati gumanitar yordam sifatida qo‘shni Tojikistonga dizel yoqilg‘isi yetkazib bermoqda, deya seshanba kuni (16-noyabr) Qozog‘iston hukumatining huquqiy ma’lumotlar bazasidan iqtibos keltirgan holda xabar beradi Kazinform.

Hukumat qaroriga ko‘ra, Qozog‘iston Mudofaa vazirligi va Aerokosmik tashkiloti ko‘pincha elektrostansiyalar tomonidan foydalaniladigan mazutdan 1000 tonna sotib olishi uchun Tojikistonga 128,6 million qozoq tangasi (taxminan 388 ming AQSH dollari) ajratadi.

Qozog‘iston hukumati dizel yoqilg‘isining o‘z vaqtida yetkazilishi bo‘yicha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500