Karvonsaroy

Qozogʻistonda ISHID targʻibotida ayblangan 11 kishi hibsga olindi

Karvonsaroy

OSTONA -- Shimoliy Qozogʻiston viloyatining huquq-tartibot idoralari payshanba, 16-noyabr kuni Chimkent va unga qoʻshni Sayram tumanlarida terrorizmni qoʻllab-quvvatlash va diniy nafratni keltirib chiqarishda gumon qilib, 11 kishini hibsga oldi. Bu haqda payshanba, 16-noyabr kuni Qozogʻiston milliy xavfsizlik qoʻmitasiga asoslanib, Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qozoq xizmati xabar qildi.

Qozogʻiston milliy xavfsizlik qoʻmitasiga koʻra, hibsga olinganlar ijtimoiy tarmoqlar hamda WhatsApp va Telegram orqali “Islom davlati” (ID) va boshqa terrorchilik guruhlarining ekstremistik gʻoyalarini tarqatish bilan shugʻullangan.

Rasmiylar 400 dan ortiq aʼzolari boʻlgan 20 dan ziyod internet-guruhlarda ekstremistik materiallarni aniqlagan.

Hukumat vakillarining aytishicha, hozirgi vaqtda tergov davom etmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500