Karvonsaroy

Tojikiston MDHdagi boʻlajak raisligi chogʻida asosiy eʼtiborni xavfsizlikka qaratadi

Karvonsaroy

MINSK, Belarus -- Kelasi yili Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga raislik qiluvchi Tojikiston asosiy eʼtiborni xavfsizlik sohasiga qaratmoqchi, deb xabar qildi seshanba, 21-oktyabr kuni yuqori martabali tojik rasmiysi. Bu haqda Kazinform agentligi Belarus telegraf agentligiga tayanib xabar bergan.

Oktyabr oyida Sochidagi MDH sammitida qabul qilingan qarorga asosan, 2018-yilda MDHda raislik Rossiyadan Tojikistonga oʻtadi.

Oʻtgan yillarda MDH koʻplab hujjatlar va dasturlarni qabul qildi va biz ularni amalga oshirishni davom ettirmoqchimiz, dedi Tojikistonning Belarusdagi elchisi Qozidavlat Qoimdodov.

Tojikiston hududiy xavfsizlik va barqarorlikka alohida eʼtibor qaratadi, dedi shuningdek, oʻz mamlakatining MDHdagi vakili boʻlgan Qoimdodov.

Tojikiston terrorchilik, ekstremizm, narkotik moddalar savdosi va transmilliy uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash boʻyicha MDH qarorlari va siyosatini amalga oshirish yoʻlida oʻz saʼy-harakatlarini ayamaydi, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500