Karvonsaroy

O‘zbekiston davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida Qozog‘iston tajribasini o‘rganmoqchi

Karvonsaroy

TOSHKENT -- Qozog‘iston va O‘zbekiston rasmiylari davlat xizmatlarini taqdim etish masalasini muhokama qilish uchun Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qildi chorshanba, 22-iyun kuni Kazinform agentligi.

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev va O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov ikki davlat o‘rtasida huquqiy-shartnomaviy bazani kengaytirish masalasini muhokama qildilar.

Kazinform agentligiga ko‘ra, muzokaralarda fuqarolar hamda yuridik shaxslar huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarga keng qamrovli huquqiy ko‘mak ko‘rsatish va davlat muassasalari tomonidan davlat xizmatlari taqdim etilishini yaxshilashga e‘tibor qaratildi.

Muloqot chog‘ida Davletov Qozog‘iston bilan munosabatlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi va Qozog‘istonning turli davlat xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi tajribasiga qiziqish bildirdi.

O‘zbekiston adliya vaziri Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarga ularning tajribasini o‘rganish uchun mutaxassislar guruhini yuborishni rejalashtirmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500