https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2017/11/29/newsbrief-01

Soipov Nyu-Yorkdagi terrorchilik hujumida o‘zini aybdor deb hisoblamayapti

AFP

NYU YORK -- 31-oktabr kuni Nyu-Yorkda sakkiz insonni yuk mashinasida bosib o‘ldirganlikda ayblangan o'zbekistonlik seshanba (28-noyabr) kuni qotillik va boshqa ayblovlarni tan olmadi.

Da‘vo qilinishicha, 29 yoshli Sayfullo Soipov, ijaraga olingan yuk mashinasini quyi Manxettendagi 1,6 kilometrli velosiped yo‘lakchasiga haydab, sakkiz kishini o‘ldirgan va 12 nafarini jarohatlagan. U politsiya xodimlari tomonidan o‘qqa tutilib, yaralangan va hibsga olingan.

Soipov "Islom davlati" guruhi nomidan harakat qilganini ta’kidlagan.

Soipov sudda AQSH okrug sudyasi Vernon Broderik oldida ko‘rsatma bergan. Uning nomidan advokati Deyvid Patton so‘zladi.

Unga nisbatan qotillik va xorijiy terrorchilik tashkilotlarini moddiy yordam hamda resurslar bilan ta‘minlash kabi jami 22 ta ayblov e‘lon qiinadi.

Soipov O‘zbekistondan AQSHga 2010-yilda kelgan.

Sizga maqola yoqdimi?

2
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha *