Karvonsaroy

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun temir yo‘l qurish bo‘yicha bitim imzoladi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston va Afg‘oniston ikki mamlakatni bir-biriga bog‘lovchi temir yo‘lni uzaytirish bo‘yicha kelishuv imzoladi va bu bilan O‘zbekiston uchun dengiz portlariga chiqish imkoniyati tug‘iladi, – deya xabar beradi "Voice of America" seshanba kuni (5-dekabr).

Afg‘onistonning Hayraton va Mozori Sharif shaharlari o‘rtasidagi qisqa temir yo‘l ikki davlatni 2011 yildan beri bog‘lab kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani tomonidan (5-dekabr) seshanba kuni Toshkentda imzolangan bitimlarning birida ikki mamlakat Mozori Sharif va Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot shahrini temir yo‘l orqali bog‘lashga kelishib oldi10, – deya xabar beradi Mirziyoyevning rasmiy vakili.

Hirotni Eron bilan bog‘lovchi yana bir temir yo‘lining qurilishi allaqachon boshlangan va bu O‘zbekistonga Eronning Fors ko‘rfazi portlariga to‘g‘ridan-to‘g'ri transport orqali yuk tashishiga imkon beradi.

Ushbu loyihaning xarajatlari va moliyalashtirish manbalari haqida ma’lumot keltirilmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500