Karvonsaroy

Mirziyoyev 2700 mahbusni afv etdi

Karvonsaroy

TOSHKENT -- Davlat ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, payshanba (7-dekabr) kuni 2700 nafar mahbusni afv etdi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

Amnistiyaga tushganlardan 956 nafari qamoqdan ozod etiladi. Qolganlari esa ma’lum sabablarga ko‘ra, qamoqda bo‘lmagan, jumladan shartli qamoq jazosini o‘tayotgan mahkumlardir.

Mirziyoyevning farmoni O‘zbekiston tarixidagi ilk ommaviy amnistiya sifatida e‘tirof etilmoqda. U 8-dekabr, 1992-yilda, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin bir necha oy o‘tib qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga to‘g‘ri keldi.

Mirziyoyev 2016-yil sentabrda lavozimini egallaganidan beri, bir necha jurnalist, davlat arboblari va siyosiy mahbuslar qamoqdan ozod etildilar.

Human Rights Watch tashkilotining oktyabrdagi bayonotiga ko‘ra, Mirziyoyev prezidentligining birinchi yilida “bir necha ijobiy qadamlar” tashlangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500