Karvonsaroy

UNESCO qozoq va qirg‘iz milliy o‘yinlarini insoniyatning madaniy me’rosi ro‘yxatiga kiritdi

Karvonsaroy

CHEJU, Janubiy Korea -- UNESCO Qozog‘istonning milliy o‘yini hisoblangan oshiq va Qirg‘izistonning ko‘k boru (ko‘pkari) ot o‘yinlarini Insoniyatning nomoddiy madaniy me’rosi ro‘yxatiga kiritdi, deyiladi 7-dekabr, payshanba kuni e’lon qilingan UNESCO bayonotida.

“Qozog‘iston arizasining UNESCO xalqaro ro‘yxatiga kiritilishi mamlakatning nomoddiy madaniy merosini global darajada ommalashtirish va ularni milliy darajada muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi”, deb xabar berdi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi.

Qozog‘iston vakillari nomoddiy madaniy merosni ro‘yxatga olish tashkiloti xodimlariga oshiq o‘ynab ko‘rsatishdi va ko‘rgazma tashkillashtirishdi. Mazkur o‘yin qo‘y tizzasidan olingan oshiqni uloqtirish orqali raqibning oshiqlarini urib, yig‘ib olishdan iborat.

O‘yin “aqliy va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantiradi, yoshlar orasida etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, do‘stlik va madaniy hamjihatlikni qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ko‘k boru (ko‘pkari) ot sporti o‘yini - an‘anaviy amaliyotlar, tomoshalar va o‘yindan iborat. Ot mingan ikki raqib guruh bir-biriga qarshi kim ko‘p hisob yig‘ish uchun o‘ynashadi. Jamoalar odatda “to‘p” o‘rnida uloqdan foydalanishgan, ammo so‘nggi yillarda ba‘zi oyinchilar uloq o‘rnida haykal yoki qolipdan foydalanishyapti.

Afg‘onistonda ko‘k boru buzkashi nomi bilan tanilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500