Karvonsaroy

AQSHlik yo‘riqchilar tomonidan Tojikistonda ingliz tili o‘qituvchilari uchun o‘quv dasturi amalga oshiriladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – AQSHning Tojikistondagi elchixonasi 8-dekabr kuni 2018-yil uchun Ingliz tili o‘qituvchilari dasturiga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qildi. Ushbu dastur kelasi yil aprel oyidan dekabrgacha davom etadi.

“Dastur ingliz tilidan saboq berishga yo‘naltirilgan va Amerikalik yo‘riqchilar tomonidan boshqariladigan to‘rtta, ko‘p kunlik intensiv o‘quv mashg‘ulotlaridan iborat bo‘lib, ular Dushanbeda o‘tkaziladi,” deyiladi elchixona bayonotida.

“Dastur qatnashchilari o‘qituvchi hamkasblari bilan aloqa o‘rnatib, ular bilan dastur davomida va undan keyin o‘zaro fikr almashadilar,” deyiladi xabarda.

Elchixonaning jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi dastur uchun arizalarni qabul qilishni boshlagan. 2018-yilning 10-yanvari hujjat topshirishning so‘nggi kuni deb belgilangan.

Ariza topshiruvchilar “ayni damda boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida ingliz tilidan dars berayotgan bo‘lishlari hamda boshqa o‘qituvchilarga saboq berish va murabbiylik qilish istagida bo‘lishlari lozim”, deb xabar beradi elchixona.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500