Karvonsaroy

Xalqaro dastur Qirg‘izistonning investitsiyaviy muhitini yaxshilaydi

Karvonsaroy

BISHKEK – Shveytsariya va Britaniya tomonidan moliyalashtirilgan besh yillik dastur Qirg‘izistondagi biznes muhitni yaxshilab, investitsiyalar hajmini oshirdi, deb xabar beradi AKIpress 13-dekabr, chorshanba kuni.

Markaziy Osiyo Investitsion Muhiti dasturining bir qismi bo‘lgan mazkur tashabbus Qirg‘izistondagi hukumat idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan amalga oshirildi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi 12-dekabr, seshanba kuni chop etgan dastur natijalariga ko‘ra, ushbu sa’y-harakatlar o‘tgan bir necha yil ichida 14 million AQSH dollari (976 million qirg‘iz so‘mi) hajmidagi investitsiyani olib kelgan.

“Jozibador investitsiya muhiti - o‘sish va ish joylari yaratish istagida bo‘lgan iqtisodiyotning birlamchi shartidir,” dedi Xalqaro moliya korporatsiyasining mamlakat bo‘yicha boshqaruvchisi Martin Naegele.

Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Doniyor Imonaliyev Xalqaro moliya korporatsiyasiga uzoq muddatli ko‘magi uchun o‘z tashakkurini izhor etib, kejalakda ham hamkorlik qilishga umid bildirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500