Karvonsaroy

ISHID a’zosi deb gumon qilingan qirgʻizistonlik shaxs Sankt-Peterburg shahrida uyushtirilgan portlashda ayblandi

Karvonsaroy

SANKT-PETERBURG – Moskva okrugi harbiy sudi Qirgʻizistonda tugʻilgan 32 yoshli Obid Abduraimovni terrorchilarni yollashda va aprel oyida Sankt-Peterburg metrosida amalga oshirilgan hudkushlik hujumiga aloqadorlikda ayblab jazo tayinladi, deb xabar beradi juma, 15-dekabr kuni 1news.uz veb-nashri.

Portlash oqibatida 14 inson hayotdan koʻz yumdi. Qirgʻizistonlik oʻzbek millatiga mansub shaxs – Akbarjon Jalilov oʻzini portlatgan.

Sankt-Peterburg shahridan tashqarida oʻtkazilgan majlis davomida sud Abduraimovni “terrorchilik ishlariga yordam berishda”, aprel oyidagi terrorchilik harakatini uyushtirishda va Rossiyada taqiqlangan “Islom davlati” (ID) tashkiloti uchun jangarilarni yollashda aybdor deb topdi. Gazeta.ru sayti xabariga koʻra, sud uni besh yilga ozodlikdan mahrum etgan.

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyatidan Sankt-Peterburg shahriga ish qidirib kelgan Abduraimov aprel oyida hibsga olingan edi. U sudda o‘z aybiga iqror boʻldi.

Sud hujjatlariga koʻra, u Sankt-Peterburg shahrida 2015-yilning iyul oyidan beri ID uchun odamlarni yollash bilan shug‘ullangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500