Karvonsaroy

Qozog‘iston vaziri sog‘liqni saqlash sohasida yutuqqa erishilganini aytmoqda

Karvonsaroy

ASTANA – Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanovning aytishicha, mamlakat bundan 26 yil avval o‘z mustaqilligini e‘lon qilganidan beri tibbiyot va boshqa qator sohalarda yutuqlarga erishdi, deb xabar berdi Kazinform dushanba (18-dekabr) kuni.

Shanba, 16-dekabr kuni hamkasblarini Mustaqillik bayrami bilan qutlar ekan, Birtanov bu fikrlarini Sog‘liqni saqlash vazirligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirgan.

1991-yil 16-dekabrda Qozog‘iston mustaqillikka erishganidan beri, mamlakatda 1326 ta tibbiyot muassasalari barpo etildi. Mamlakat fuqarolarining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 4,5 yilga ko‘payib, 72,5 yilni tashkil etdi, onalar o‘limi 5,3 marta, bolalar o‘limi 3 marta kamaydi, dedi vazir.

“Sil kasalligi, yurak-qon tomir va saraton kasalliklari tufayli o‘lim darajasi esa mos ravishda 3, 2 va 1,5 martaga kamaygan”, deb qo‘shimcha qildi u.

Har kuni 400 mingga yaqin qozog‘istonliklar shifokor qabulida bo‘ladi, 8000 bemor kasalxonalarga yotqiziladi, dedi vazir rasmiy ma’lumotlarga tayanib.

“Ushbu yutuqlar tibbiyot xodimlarimizning faoliyati mahsulidir”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500