Karvonsaroy

Qozogʻiston Afgʻonistondagi tinchlikni infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish va koʻmak berish orqali qoʻllab-quvvatlamoqda

Karvonsaroy

NYU-YORK/ASTANA -- Qozogʻiston Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini transport infratuzilmasiga sarmoya yotqizish va gumanitar yordam koʻrsatish orqali qoʻllab-quvvatlamoqda, deya payshanba, 21-dekabr kuni xabar berdi BMTdagi Qozogʻistonning doimiy vakili Qayrat Umarov.

Umarov oʻz bayonotini Nyu-York shahridagi BMT Xavfsizlik kengashining Afgʻoniston masalasi boʻyicha oʻtkazilgan ochiq muhokamasi vaqtida e'lon qildi, deya 22-dekabr kuni xabar tarqatdi Kazinform.

BMT Xavfsizlik kengashi a'zolari va boshqa ishtirokchilar Afgʻoniston duch kelayotgan qiyinchiliklarni, ayniqsa oʻsib borayotgan terrorchilik hujumlari, narkotik yetishtirish va uni sotish, hamda mamlakatda "Islom davlati"ning (ID) jangarilari faoliyati kabi masalalarni muhokama qildilar .

Shuningdek, barqarorlik, milliy totuvlik, iqtisodiy rivojlanish va ayollar huquqlarini himoya qilish kabi xalqaro va mahalliy chora-tadbirlar koʻrib chiqildi.

Qozoq delegatsiyasining fikriga koʻra, jangari guruhar yoki narkotrafik a'zolari orasidagi afgʻonlar sonini kamaytirishda yaqin iqtisodiy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu Afgʻoniston va butun mintaqada xavfsizlik boʻyicha vaziyatni yaxshilaydi, deya fikr bildirdilar delegatsiya a'zolari.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500