OSTONA – Qozog‘iston va O‘zbekiston 5-yanvar, juma kuni Chimkent-Toshkent avtobus yo‘nalishini ishga tushirdi, deb xabar berdi Kazinform nashri Qozog‘iston Investitsiya va rivojlanish vazirligiga asoslanib.
Vazirlik xabariga ko‘ra, avtobuslar soat ertalabki 6 dan kechki 8 ga qadar har soatda qatnaydi. Safar vaqti to‘rt soatni tashkil etadi.
Avtobuslar uchun bojxona va chegara tekshiruvlari tezlashtiriladi.
Joriy yilda rasmiylar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 17 yillik tanaffusdan so‘ng qayta tiklangan avtobus qatnovlari sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
Ha menga yoqdi
Javob berishFikrlar 1