Karvonsaroy

Qirg‘izistonlik deputat korrupsiyada ayblandi

Karvonsaroy

BISHKEK – Bishkek sudi 4-yanvar, payshanba kuni qirg‘iz parlamenti a’zosini korrupsiyada aybladi, deb xabar beradi AKIpress.org nashri.

Bishkekning Pervomayskiy tumani sudi Kanar Isayevni To‘qmoq hokimi vazifasini bajarish davrida o‘z mavqeini suiiste’mol qilishda ayblab, 12 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi.

2010-yilda Isayev o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, kutubxona binosini bozor narxidan ancha arzon sotilishiga bosh-qosh bo‘lgan. U o‘tgan yilning noyabr oyida davlat xazinasiga katta ziyon yetkazishda ayblangan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500