Karvonsaroy

Qirg‘izistonda ekstremizmni targ‘ib qilgan 159 ta veb-sayt to‘sib qo‘yildi

Karvonsaroy

BISHKEK – 2017-yilda Oktyabr tuman sudi terrorchilik materiallari joylangan 159 veb-saytni blokladi, deb xabar berdi AKIpress dushanba, 8-yanvar kuni.

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi 2017-yilda ekstremizm va terrorizmni targ‘ib qiluvchi saytlarni bloklash talabi bilan sudga 15 ta so‘rovnoma yuborgan, deyiladi prokuratura bayonotida.

To‘sib qo‘yilgan 159 saytdan 27 tasida Qirg‘izistonda taqiqlangan tashkilotlar, jumladan Huzb ut-Tahrir, Tolibon va “Islom davlati” (ID) materiallari borligi aniqlangan, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Bosh prokurorning bayonotiga ko‘ra, “hozirda ushbu veb-saytlarga kirish mamlakatlatdagi internet foydalanuvchilari uchun yopiq”.

Agentlik ektremistik saytlar bo‘yicha tergov davom ettirilishi va bu borada qo‘shimcha ma‘lumotlar e’lon qilinishini bildirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500