Karvonsaroy

Nazarboyev rasmiy tashrif bilan AQSHga keldi

Karvonsaroy

VASHINGTON/OSTONA – AQSHga uch kunlik rasmiy tashrifini boshlagan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev seshanba (16-yanvar) kuni Vashingtonga yetib keldi, deb xabar berdi Kazinform.

16-18-yanvar kunlari davomida Nazarboyevning AQSH prezidenti Donald Tramp, shuningdek boshqa hukumat rasmiylari va ishbilarmon doiralar yetakchilari bilan uchrashuvi belgilangan.

Nazarboyev, shuningdek, Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashining majlisida nutq so‘zlashi kutilmoqda. U asosiy e’tiborni yadroviy qurolni tarqatmaslik va yadroviy qurolsizlantirish muammolariga qaratishni rejalashtirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500