Karvonsaroy

Kobuldagi teraktda halok bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosining shaxsi aniqlandi

Karvonsaroy

OSTONA – Shanba, 20-yanvar kuni Kobuldagi Interkontinental mehmonxonasiga uyushtirilgan terrorchilik hujumi natijasida qurbon bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosining shaxsi aniqlandi, deb xabar berdi Kazinform.

Kamida 19 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni Tolibon guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Hujum qurboni 1978-yilda tug‘ilgan ostonalik tadbirkor bo‘lgan, deb xabar qildi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi dushanba, 22-yanvar kuni.

“Hozircha uning familiyasini ayta olmaymiz, biroq bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, u Afg‘onistonda 2017-yilning oktabr-noyabr oylaridan beri biznes safarida bo‘lgan”, deb ma’lum qildi dushanba kuni Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Anuar Jaynakov.

U Afg‘onistondagi aloqa kompaniyalaridan biri tomonidan mamlakatga taklif etilgan edi, dedi vazirlik rasmiysi.

“Biz qurbonning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz hamda ushbu vaziyatda barcha zaruriy yordamni ko‘rsatamiz”, dedi Jaynakov. U Afg‘onistondagi qozoq diplomatlari marhumning jasadini vataniga qaytarish ustida ish olib borayotganini qo‘shimcha qildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500