Karvonsaroy

Qirg‘iz delegatsiyasi Shveytsariyadagi Jahon iqtisodiy forumida ishtirok etadi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston delegatsiyasi 22-25-yanvar kunlari Shveytsariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan 48-Butunjahon iqtisodiy forumida ishtirok etmoqda, deb xabar qildi dushanba, 22-yanvar kuni AKIpress Qirg‘iziston hukumatining matbuot xizmatiga asoslanib.

Bosh vazir Sapar Isakov rahbarligidagi delegatsiya forum doirasida yirik transmilliy kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashib, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Delegatsiya tarkibidan Qirg‘izistonning Shveytsariyadagi elchisi Daniyar Mukashev hamda bir qator kompaniyalar va davlat tashkilotlari vakillari o‘rin olgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500