Karvonsaroy

Suriyada “Islom davlati” safida jang qilgan qirg‘izistonlik erkakka hukm o‘qildi

Karvonsaroy

JALOLOBOD, Qirg‘iziston – Jalolobod sudi juma, 26-yanvar kuni Suriyada “Islom davlati” (ID) jangarilari safida urushgan Qirg‘iziston fuqarosi Niyazbek Aydarovni 6 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

32 yashar Aydarov yollanma faoliyat olib borishda ayblangan. U o‘tgan yilning oktyabr oyida hibsga olingandi. Aydarov Suriyada 2012-2013 yillar davomida jang qilgan.

So‘nggi yillarda 500 dan ortiq qirg‘izistonliklar, jumladan, 140 nafar ayol va 100 ga yaqin bola Suriyada “Islom davlati” safiga qo‘shilganlar. Qirg‘iz hukumati rasmiylariga ko‘ra, kamida 92 kishi o‘ldirilgan.

Avvalroq, yanvar oyida Suriyadagi urushda ishtirok etgan boshqa bir qirg‘iz jangarisi Mirlanbek Turdiyev 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500