Karvonsaroy

Tojikiston fuqarosi “Jamoati Ansarulloh” guruhiga qo‘shilgani uchun qamoqqa hukm etildi

Karvonsaroy

SO‘G‘D VILOYATI, Tojikiston – Isfara shahar sudi taqiqlangan radikal guruhga qo‘shilishda ayblangan fuqaroni 5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi AsiaPlus.tj dushanba, 29-yanvar kuni.

27 yashar Jamoliddin Nizomaddinov ektremistik quruh faoliyatini tashkillashtirishda ayblangan. Sud o‘tgan haftada unga hukm o‘qidi.

Nizomaddinov Afg‘onistonda o‘rnashgan tojik jangari guruhi bo‘lmish “Jamoati Ansarulloh” safiga 2011-yilda Rossiyada mehnat muhojiri bo‘lib ishlayotgan vaqtida qo‘shilib qolgan, deb xabar qildi sud organlaridagi manba. U Tojikiston huquq-tartibot xodimlari tomonidan 28-avgust kuni hibsga olingandi.

Tojikiston huquqni muhofaza qilish idoralariga ko‘ra, “Jamoati Ansarulloh” O‘zbekiston Islom Harakati (O‘IH) guruhiga mansub bo‘lib, “Al-Qoida” tomonidan moliyalashtiriladi.

Tojikiston Oliy sudi ushbu tashkilot faoliyatini 2012-yil may oyida taqiqlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500