Karvonsaroy

2017-yilda Tojikistonning So‘g‘d viloyatida 3 ta terrorchilik harakatining oldi olindi

Karvonsaroy

SO‘G‘D VILOYATI, Tojikiston – O‘tgan yili Tojikiston rasmiylari So‘g‘d viloyatida huquq-tartibot idoralariga qarshi qaratilgan 3 terrorchilik harakatining oldini olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi AsiaPlus.tj nashri mamlakat ichki ishlar vazirligi vakiliga tayanib.

Bu haqda So‘g‘d viloyati militsiya general-mayori Qudratullo Nazarzoda juma, 2-fevral kuni jurnalistlarga aytib o‘tgan.

Ushbu holatlarning birida “gumondorlar xorijdan ko‘rsatma olgan holda, Jabbor Rasulov tuman prokuraturasi binosida qo‘poruvchilik harakati sodir etishga uringanlar”, dedi Nazarzoda. “Guruhning a’zolaridan biri viloyatning o‘zida, qolgan 4 nafari xorijda qo‘lga olingan”.

Nazarzodaning aytishicha, shunga o‘xshash holat Istaravshan tumanida ham qayd etilgan bo‘lib, huquq-tartibot xodimlariga qarshi qaratilgan yana bir teraktning oldi olingan.

“Xodimlarimiz jinoyatchilarni qo‘lga olib, ularning qurollarini musodara qildilar”, dedi u.

Shuningdek, militsiya xodimlariga qarshi suiqasd uyushtirishni rejalagan isfaralik ikki fuqaro ham hibsga olingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, So‘g‘d viloyati militsiyasi tomonidan terrorchilik va ekstremizmga oid jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgan 630 nafar shaxsga qidiruv e’lon qilingan, deb xabar beradi AsiaPlus.tj.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500