Karvonsaroy

Smart City loyihasi doirasida Bishkekda yuzni aniqlash tizimi joriy etiladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakovga ko‘ra, Bishkek shahrida amalga oshiriladigan “Aqlli shahar” loyihasi yuzni aniqlash tizimini o‘z ichiga oladi, deb xabar berdi 24.kg nashri.

Isakov bu haqda juma, 9-fevral kuni Bishkek shahar hokimiyatining yig‘ilishi chog‘ida aytib o‘tgan.

“Tizimni boshqarish markazi 20 kishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. U yerda ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari va milliy xavsizlik qo‘mitasi xodimlari ishlaydi”, dedi Isakov.

“Jinoyat yuz bergan hollarda, gumondorning fotosurati tizimga kiritiladi va u shahar bo‘ylab qidiruvni amalga oshiradi”, dedi vazir.

Bunday kameralar poytaxt markazida, savdo markazlari, bozorlar va maktablar oldida o‘rnatiladi.

“Smart City loyihasi ishga tushgach, yo‘l patrul xizmati xodimlari ko‘cha yoqasida turmaydilar. Ular kameralar o‘rnatilgan avtomobillarda shaharni aylanib yuradilar”, deb qo‘shimcha qildi u.

60 mln. dollarga (4 mlrd. qirg‘iz so‘mi) teng Smart City loyihasi 1,5 yil ichida to‘liq ishga tushadi, dedi Isakov Qirg‘iziston hukumati va Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi o‘rtasida shu masala bo‘yicha kelishuv imzolangan 11-yanvar kuni.

Kelishuvga binoan, investorlar Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tarzda kiberxavfsizlikka oid talablar va mutaxassislarni tayyorlashni o‘z zimmasiga oladi.

Loyihaning ilk boschiqi Bishkek va O‘sh shaharlari, shuning Bishkek-O‘sh, Bishkek-Cho‘lpon Ota va Bishkek-Manas avtomobil yo‘llarida amalga oshiriladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500