Karvonsaroy

Tojikiston kelasi oydan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni rejalashtirmoqda va bu yil O‘zbekistonga 1,5 milliard kVt-soatdan ortiq elektr energiyasi eksport qilinadi, deb xabar berdi “Asia-Plus” nashri, chorshanba 14-fevral kuni.

“Kelasi oydan boshlab Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi mumkin”, deb aytgan Tojikiston hukumatidagi manba.

“Ayni damda Dushanbe va Toshkent O‘zbekistonga elektr energiyasini uzatish shartlarini muhokama qilmoqda”, dedi manba.

Yakuniy qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyi boshida Dushanbega amalga oshirajak davlat tashrifi chog‘ida qabul qilinishi kutilmoqda, deb qo‘shimcha qildi u.

Hududiy tarmoq

Ikkala mamlakat ham 2009-yilda tugatilgan birlashgan hududiy energotizimni qayta tiklashga qiziqish bildirganlar.

Ayrim kuzatuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bunga ayniqsa Tojikiston qiziqish bilan qaraydi, sababi u yoz oylarida davomida 5 mlrd. kVt-soatgacha gidroelektr quvvatini eksport qilish imkoniyatiga ega. Afg‘onistonga 800 million, Qirg‘izistonga 600 million kVt-soat elektr quvvati yetkazib berganidan keyin ham, yoz vaqtida Tojikistonda 3,6 milliard kVt-soat elektr energiyasi ortib qoladi.

Tojikistonning energetika infratuzilmasi elektr tarmog‘iga ulanishga tayyor, deb xabar beradi Tojikiston energetika va suv xo‘jaligi vazirligi.

Qirg‘iziston va Tojikistonning ko‘pgina hududlariga elektr yetkazib beruvchi liniyalar O‘zbekistondan o‘tganligi sababli, ushbu mamlakat birlashgan elektr tarmog‘ining muhim bo‘g‘ini sanaladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Tojikiston boshqa davlatlardan oldinda ekanligi bilan faxrlanaman.

Javob berish