Karvonsaroy

Tojikiston korrupsiyaga qarshi kurash agentligi 2017-yildagi faoliyatini sarhisob qildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 2017-yilda Tojikistonning ta’lim va fan vazirligida boshqa tashkilotlarga qaraganda eng ko‘p korrupsiya holatlari qayd etilgan, deb xabar berdi AsiaPlus.tj nashri moliyaviy nazorat va korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat agentligiga asoslanib.

O‘tgan yili Ta’lim va fan vazirligi xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid 70 ta jinoyat sodir etilgan. Bu haqda Dushanbeda korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Abdukarim Zarifzoda payshanba, 15-fevral kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.

Mazkur jinoyatlar hujjatlarni qalbakilashtirish, soxta diplomlar berish va qurilishga oid hisobotlarni soxtalashtirishdan iborat bo‘lgan, dedi u.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligida korrupsiya bilan bog‘liq 60 ta holatga duch kelindi. Undan keyingi o‘rinlarda Ichki ishlar vazirligi (57 ta holat) va Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (26 ta holat) qayd etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500