Karvonsaroy

Atirauda yangi shamol elektr stansiyasi quriladi

Karvonsaroy

ATIRAU, Qozog‘iston – Qozog‘iston hukumati qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish bo‘yicha yangi davlat dasturi doirasida Atirau viloyati, Isatay tumanida yangi shamol elektr stansiyasini barpo etmoqda, deb xabar berdi Kazinform payshanba, 15-fevral kuni.

Shu bilan birga, davlat quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihasini ham ilgari surmoqda.

Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida joylashadigan shamol elektr stansiyasining quvvati 52 mVt bo‘lib, u 2020-yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Viloyat energiya va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Jumaboy Qoragayevning so‘zlariga ko‘ra, loyiha “AtirauJarik” OAJga qarashli tarmoqqa ulanadigan ikkita kichik podstansiya qurilishini o‘z ichiga oladi.

Yangi shamol elektr stansiyasi viloyatdagi jami elektr energiyasining 13-14 foizini ishlab chiqarishi taxmin qilinmoqda, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500