Karvonsaroy

Vazir: Qozog‘istonliklarning 90 foizi toqatsizlik va fundamentalizmni qoralaydi

Karvonsaroy

OSTONA – Yaqinda o‘tkazilgan so‘rov qozog‘istonliklarning 90 foizi buzg‘unchi diniy oqimlarda qarshi ekanini ko‘rsatdi, deb xabar beradi Kazinform chorshanba, 21-fevral kuni.

Bu haqda Din va fuqarolik jamiyati ishlari vaziri Nurlan Yermekbayev vazirlikning kengaytirilgan yig‘ilishida aytib o‘tgan.

“Hozirda ko‘pchilik odamlar mo‘tadil dindorlikni radikal g‘oyalardan ajrata oladi”, dedi Yermekbayev. “So‘rovlar qozog‘istonliklarning 90 foizi davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashini va buzg‘unchi diniy oqimlarga qarshi ekanini ko‘rsatdi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi bir yarim yil ichida qozog‘istonliklarning ekstremizmga bo‘lgan munosabati o‘zgargan.

Yermekbayev vazirlikning o‘tgan yilda ijtimoiy tarmoqlarda olib borgan ishlari haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, 2017-yilda vazirlik tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta guruhlar ochilgan bo‘lib, hozirda ularning doimiy ishtirokchilari soni 250 mingdan oshgan.

Vazirlik joriy yilda ushbu hamjamiyatlar ishini yangi darajaga ko‘tarishni maqsad qilgan, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500