Karvonsaroy

Qirg‘izistonda 2017-yilda bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari ko‘paygan

Karvonsaroy

BISHKEK – O‘tgan yilda Qirg‘izistonda bolalarga nisbatan jinsiy tajovuz bilan bog‘liq holatlarning oshgani aniqlandi. Bu haqda chorshanba, 26-fevral kuni mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanov ijtimoiy masalalar, ta’lim, fan, madaniyat va sog‘liqni saqlash bo‘yicha parlament qo‘mitasiga ma’lum qildi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Qirg‘izistonda 2017-yilda bolalarning jinsiy tahqirlanishi bilan bog‘liq 151 ta holat aniqlangan. 2016-yilda bu raqam 110 tani tashkil etgandi. Asanov o‘tgan yilgi holatlardan 121 tasi sudga yo‘naltirilganini qo‘shimcha qildi.

Asanovning so‘zlariga ko‘ra, 80 foiz hollarda jinoyat bolaning yaqinlari tarafidan sodir etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500