Karvonsaroy

Qirg‘izistonda 5-6 sinf o‘quvchilari uchun 3 milliondan ortiq darsliklar nashr etiladi

Karvonsaroy

BISHKEK – 2018-2019-o‘quv yiliga qadar, Qirg‘iziston maktablaridagi 5-6-sinf o‘quvchilarining barchasi yangi darsliklar bilan ta’minlanadi. Bu haqda seshanba, 27-fevral kuni Ta’lim va fan vazirligiga asoslanib, 24.kg nashri xabar berdi.

Qirg‘iziston hukumati Jahon banki ko‘magida 3 million nusxada yangi darsliklarni chop etishga yaqin turibdi.

Shuningdek, rasmiylar Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda 7-8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan matematika va tabiatshunoslik fanlariga oid yangi darsliklar ustida ish boshlagan.

Vazirlikka ko‘ra, o‘tgan yili qirg‘izistonlik maktab o‘quvchilarining 83 foizi yangi darsliklar bilan ta’minlangan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500