https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/03/01/newsbrief-01

Qozog‘iston shukronalik kunini nishonlamoqda

Karvonsaroy

OSTONA – Payshanba, 1-mart kuni qozog‘istonliklar o‘lkadagi ko‘p sonli etnik guruhlarning o‘zaro birdamligi va hamjihatligining belgisi sifatida butun mamlakat bo‘ylab shukronalik kunini nishonladilar, deb xabar beradi Kazinform.

Shukronalik kuni turli millatlar orasida o‘zaro bag‘rikenglik va mehmondo‘stlikni targ‘ib etish maqsadida har yili 1-mart kuni nishonlanadi.

Prezident Nursulton Nazarboyev 2015-yilning 1-mart kuni Qozog‘iston xalq assambleyasining 20 yilligida ilk bor ushbu milliy kunni nishonlashni taklif qilgandi.

“Ushbu muhim kunda Qozog‘iston xalqi og‘ir damlarda axloq va ma’naviyatning g‘alabasi sharafiga birlashgan edi”, deyiladi Nazarboyevning qozoq xalqiga yo‘llagan murojaatida. Ushbu murojaat matni payshanba kuni prezidentning rasmiy saytiga joylashtirilgan.

“Ezgulik, o‘zaro yordam va hurmat – qozoq zaminida do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitini yaratishga imkon berdi, buni barcha qozog‘istonliklar qadrlaydilar va bu bilan faxrlanadilar”, deyiladi murojaatda.

“Zero, shukronalik kuning asosiy g‘oyasi – tarixiy xotirani saqlash, qat’iy qadriyatlar asosiga qurilgan avlodlar o‘rtasidagi aloqalar va insonlararo birdamlikni mustahkamlashdir.”

Sizga maqola yoqdimi?
1
Fikrlar 0
Siyosat