Karvonsaroy

Qirg‘iziston va YI hamkorlikka oid yangi kelishuv ustida ishlamoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi (YI) hamkorlikka oid yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni davom etmoqda, deb xabar berdi 24.kg nashri.

Ushbu bitim bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi davrasi Bishkekda bo‘lib o‘tyapti, deb ma’lum YIning bosh muzokarachisi qildi Lyuk Devin 1-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

YI Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qirg‘izistonni alohida qadrlaydi, sababi “bizning demokratiya, inson huquqlari yaqinda yuz bergan hokimiyatning demokratik almashinuvi borasidagi qarashlarimiz bir xil”.

YI va Qirg‘iziston 20 yillik kelishuvga ega bo‘lsa-da, ikkala tarafda yuz bergan o‘zgarishlar yangi kelishuv imzolashni taqozo etmoqda, dedi u.

“Bizning hamkorligimiz uchta asosiy yo‘nalishga asoslangan, bular: ta’lim, qonun ustuvorligi va qishloq mintaqalarini kompleks rivojlantirish”, dedi u.

“Qirg‘izistondan YIga tovarlar eksporti o‘tgan yilda 120 foizga oshdi, bunda ikkala yo‘nalishda umumiy savdo hajmi 48 foizga o‘sdi”, dedi Devin. U tomonlar bundan-da kattaroq savdo salohiyatiga ega ekanligini qo‘shimcha qildi.

Devinning aytishicha, YI Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500