Karvonsaroy

O‘zbekiston va Tojikiston chegaralarni demarkatsiya qilishga oid bitimni imzolaydi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraning bahsli hududlarni ajratish bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi AsiaPlus.tj juma, 2-mart kuni.

Ikki mamlakat ishchi guruhlari Toshkentda 24-fevraldan 1-martga qadar davom etgan bir haftalik muzokaralardan so‘ng kelishuvga erishdilar.

Ushbu hujjat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-10-mart kunlari Tojikistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi davomida imzolanadi.

Avvalroq, 10-yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Dushanbega tashrifi asnosida Toshkent va Dushanbe vizasiz safarlar va chegaraga oid masalalar bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Unga ko‘ra, ikki mamlakat fuqarolariga 30 kun muddatga vizasiz safar qilishga ruxsat berish, chegarada yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish va avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500