Karvonsaroy

Qozog‘istonda Xalqaro xotin-qizlar kuni konsert bilan nishonlandi

Karvonsaroy

OSTONA – Payshanba, 8-mart kuni Qozog‘istondagi markaziy konsert zalida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlandan konsert o‘tkazildi, deb xabar beradi Kazinform.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami 8-mart kuni butun dunyo bo‘ylab nishonlanadi.

Konsert dasturida turli qozog‘istonlik san’atkorlar ishtirok etdilar.

Tadbirda qatnashgan prezident Nursulton Nazarboyev yig‘ilganlar oldida chiqish qilarkan, mamlakat kelajagi uchun bilimdon, yangi avlodni shakllantirishda ayollarning o‘rni alohida ekanini ta’kidladi.

“Muhtarama ayollar, 8-mart – ayollarga xos sadoqat, muhabbat, oilaviy qadriyatlarga ehtirom va komil ayol nafosatiga fidokorona intilishni sharaflovchi bayram. Zero, bularning bari zaif dunyoimizni halokatdan saqlaydi”, dedi Nazarboyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500