Karvonsaroy

Berlin muzeyida tojik rassomlarining asarlari namoyish etiladi

Karvonsaroy

BERLIN, Germaniya – Tojikistonning Germaniyadagi elchisi Maliksho Ne’matov 5-mart, dushanba kuni Tojikiston milliy muzeyi (TMM) bilan hamkorlikni muhokama qilish uchun Berlin etnologik muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda chorshanba, 7-mart kuni AsiaPlus.tj nashri xabar tarqatgan.

Ne’matov bilan uchrashgan Berlin muzeyining etnomusiqashunoslik bo‘limi direktori Lars-Kristian Kox muzey tojik rassomlari va xalq hunarmandlarining asarlarini namoyish etishga tayyor ekanini bildirdi, deb xabar beradi Tojikiston TIV.

Ne’matov Koxga 2018-yil Tojikistonda turizm va xalq hunarmandchiligini rivojlantirish yili deb e’lon qilinganini aytib, Germaniya muzeyiga chakan kashtasi namunasini tuhfa qildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500