Karvonsaroy

Tojikiston milliy banki 1000 dan ortiq fuqaroni terrorchilarning qora ro‘yxatiga kiritdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston milliy banki 1000 dan ortiq shaxsni terrorchilik faoliyatiga aloqador tojik fuqarolarining qora ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar beradi Asia-Plus.tj nashri juma, 16-mart kuni.

Ilk bor 2017-yilning mart oyida e’lon qilingan ro‘yxatda 200 dan ortiq kishining ismi bor edi. O‘shandan beri ularning soni 1372 taga ko‘paygan.

Ro‘yxatda og‘ir jinoyat sodir etgani va terrorchilar bilan aloqadorligi sabab qidiruvda bo‘lganlarning ismlari keltirilgan.

Bank ro‘yxatga tushgan shaxslarning aktivlari va hisob raqamlarini muzlatishni tavsiya qilib, tojik fuqarolari va kompaniyalarini ular bilan moliyaviy aloqalarni uzishga chaqirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500