Karvonsaroy

Qullikda qolgan qirg‘izistonlik ayol Rossiyada o‘z joniga qasd qilishga urindi

Karvonsaroy

RYAZAN, Rossiya – Rossiyadagi tikuv fabrikasida mehnat migrantlarining zo‘rlab ishlatilishi natijasida qirg‘izistonlik ayol o‘z joniga qasd qilishga uringan, deyiladi Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining dushanba, 19-mart kungi bayonotida.

Bayonotga ko‘ra, Ryazan shahridagi tikuv fabrikasida 100 ga yaqin mehnat muhojiri, jumladan 13 nafar Qirg‘iziston fuqarosi majburlab ishlatilgan, natijada ishchilardan biri – qirg‘izistonlik ayol bilak tomirlarini kesib, o‘z joniga qasd qilishga uringan. Ayol tirik qolgan bo‘lsa-da, fabrika boshqaruvchilari unga yordam berish uchun hech narsa qilmaganlar, hattoki, xarajatdan qochib, tez yordam ham chaqirishdan ham bosh tortganlar.

Ayollarning qancha muddat majburlab ishlatilgani noma’lum. Mart oyi o‘rtalarida Rossiya va Qirg‘iziston ichki ishlar vazirliklari vakillari ushbu hududga tashrif buyurib, qirg‘iz fuqarolarining qullikka majburlangani bilan bog‘liq holat bo‘yicha tergov olib bordi.

Ishchilarning rasmiylarga ma’lum qilishicha, korxona katta va’dalar bilan ularni ishga jalb qilgan, so‘ngra, pasportlarini olib qo‘ygan va kuniga bor-yo‘g‘i 40 daqiqalik tanaffus bilan deyarli 20 soatdan ishlashga majburlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500