https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2018/03/20/newsbrief-01

Qozog‘istonlik va xorijlik ekspertlar Ostonada kiberxavfsizlik muammolarini muhokama qiladilar

Karvonsaroy

OSTONA – Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari 12-aprel kuni Ostona shahrida uchrashuv o‘tkazadilar, deb xabar qildi Kazinform.kz seshanba, 20-mart kuni.

Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi ko‘magida tashkil etiladigan Security Operations Centre (“Xavfsizlikni ta’minlash markazi”) - 2018 forumi axborot xavfsizligini ta’minlash va kiberhujumlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan.

Forumda, shuningdek, tashkilotlarning texnik xavfsizligini himoya qiluvchi markazlashgan bo‘linmalar – xavfsizlikni ta’minlash markazlarining barpo etilishi va faoliyat olib borishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha