Suriya va Afg‘onistondagi o‘zbek jangari guruhi AQSHning qora ro‘yxatiga kiritildi

Karvonsaroy

VASHINGTON – AQSH davlat departamenti o‘zbek jangarilarining “Imom Buxoriy jamoati” (IBJ) guruhini xalqaro terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda payshanba, 22-mart kuni e’lon qilingan bayonotda so‘z boradi.

Bayonotga ko‘ra, “Imom Al-Buxoriy katibasi” nomi bilan ham tanilgan ushbu guruh “Suriyada o‘zbek jangarilaridan iborat asosiy harbiy kuch” hisoblanadi. IBJ “Al Qoida”ning Suriyadagi bo‘linmasi hisoblangan “Jabhat Fotih al-Shom” (avval “Jabhat an-Nusra” nomi bilan mashhur bo‘lgan) jangari guruhining ittifoqchisi ekani aytilgan.

IBJning qora ro‘yxatga kiritilishi uning AQSH yurisdiksiyasi ostiga kiradigan barcha mol-mulki muzlatilishini anglatadi, AQSH fuqarolariga esa “guruh bilan har qanday bitim tuzish” taqiqlanadi.

Long War Journal blogi ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda ham o‘z bo‘linmasiga ega “Imom Buxoriy jamoati” afg‘on tolibonlariga sodiqligini e’lon qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0
Siyosat * Majburiy 1500 ta belgi qoldi (1500 max)