VASHINGTON – Suriyadagi AQSH kuchlari o‘tgan oy shu kabi to‘qnashuv natijasida “Wagner Group”ning 200 nafar a’zosi halok bo‘lganyana bir to‘qnashuvning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi seshanba, 27-mart kuni AQSH mudofaa vaziri Jim Mattis.
“Rossiya askarlari” Yevfrat daryosining sharqiy sohilidagi nizoli hududlar liniyasi bo‘ylab harakatlanganlar, dedi Mattis jurnalistlarga.
AQSH shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi raisi, general Jo Denford rossiyalik hamkasbi, general Valeriy Gerasimovga murojaat qilganidan so‘ng, Rossiya kuchlari hududni tark etganlar.
Kreml Rossiyaning Ukraina ichki siyosatiga aralashib, Qrimni noqonuniy tortib olishidan, yuzlariga niqob taqqan yollanma “ko‘ngillilar” yordamida beqarorlikni yuzaga keltirib, Suriya rejimining harbiy jinoyatlarini qo‘llab-quvvatlashigacha– ko‘plab nizoli hududlarda Putinning iflos ishlarini bajarish uchun ushbu yollanma askarlar xizmatidan foydalangan.
Suriyadagi jangovar harakatlarda “Vagner guruhi”ning ishtiroki bilan bog‘liq savollar 7-8 fevral kunlari – Amerika va uning ittifoqchi kuchlari Dayr az-Zor yaqinida Suriya rejimiga sodiq yuzlab jangchilar hujumiga uchraganidan keyin kuchaygan.
Menga mahfiy malumotlar kerak
Javob berishFikrlar 4
Ey Xudoyim, bu nima safsata? Kim yozadi shunaqa narsalarni?
Javob berishFikrlar 4
Rassiya armiya haqida toliq malumot yoq
Javob berishFikrlar 4
Maxfiy armiya Eng ko‘p qulaylik yaratish rejimida, qumdan boshini ko‘tarishi mumkin bo‘lgan Tuyaqushning dumida.
Javob berishFikrlar 4