OSTONA – 27-mart, seshanba kuni, Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sayram tumani sudi Qorabuloq qishlog‘idan bo‘lgan fuqaroni terrorizmni targ‘ib qilish va internet tarmog‘ida dinlararo adovat qo‘zg‘ash aybi bilan 5 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi 28-mart, chorshanba kuni Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosining qozoq xizmati.
Ayblanuvchi Dostonbek Berdimuratov 2015-yilning aprel oyida xalqaro terrorchi guruhlarning g‘oyalarini ijtimoiy tarmoq sahifasida chop etgan, deb xabar berdi ayblovchi Baurjan Userxan.
U o‘tgan yilning avgust oyida hibsga olingan edi.
Userxanning so‘zlariga ko‘ra, Berdimuratov yozgan matnlarida urush va “jihod”da qatnashish har bir musulmonning burchi ekanligini aytgan.