Karvonsaroy

Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazalarining jangovar tayyorgarligi kuchaytiriladi

Karvonsaroy

PEKIN – Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu seshanba, 24-aprel kuni “Tojikiston va Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazalarining jangovar tayyorgarligini” oshirish rejalari haqida e’lon qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Ushbu chora Afg‘oniston shimolida o‘rnashgan jangarilarning Markaziy Osiyoga kirib kelishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda, dedi u.

“Mazkur bazalar zamonaviy qurollar va harbiy uskunalar bilan ta’minlanmoqda”, dedi Shoygu Pekin shahrida o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari uchrashuvida.

Uning ta’kidlashicha, ushbu uskunalardan Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari birgalikda foydalanishi ko‘zda tutilgan.

Rossiya Sovet ittifoqi parchalanganidan so‘ng, sobiq sovet respublikalarining aksarida harbiy hozirligini saqlab qolish uchun chorak asrdan ko‘proq vaqt davomida o‘zining iqtisodiy ta‘siri va boshqa vositalardan foydalanib kelgan.

2005-yilda Rossiya Tojikistonni sharmandalik bilan tark etganidan beri, mamlakat o‘z chegaralarini mustaqil ravishda qo‘riqlab kelmoqda. Shunga qaramay, Kreml u yerga o‘z qo‘shinlarini qaytarish zaruratini isbotlash g‘oyasidan voz kechmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500