Karvonsaroy

Iroqda Islom Davlatiga qo‘shilishda ayblangan 23 nafar rus va tojik ayollari umrbod qamoqqa hukm qilindi

Karvonsaroy va AFP

BAG‘DOD – 29-aprel, yakshanba kuni aksari rus millatiga mansub 29 nafar ayol “Islom Davlati”ga (ID) qo‘shilganlikda aylanib qamoq jazosiga hukm qilindilar. Bu terrorchilarga aloqador shaxslarga eng og‘ir jazo berilishi bilan bog‘liq so‘nggi holatlardan biri bo‘ldi.

Mazkur ish bilan shug‘ullangan Bog‘dodning jinoiy ishlar bo‘yicha markaziy sudi rahbari so‘zlariga ko‘ra, ayollar “IDga qo‘shilish va uni qo‘llab-quvvatlash”da aybdor deb topildilar, deb xabar berdi sud jarayonida qatnashgan AFP jurnalisti.

Sud 19 nafar rossiyalik, 6 ozarbayjonlik va 4 tojikistonlik ayolni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Ayollar sud hukmi ustidan shikoyat qilishlari mumkin.

Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosi xabariga ko‘ra, ayollarning aksariyati ID jangarilari tomonidan Iroqqa Turkiya orqali majburan olib kelinganlar.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, 70 ga yaqin “rusiyzabon” ayollar 100 dan ortiq farzanlari bilan Bag‘dodda hibsda saqlanmoqda, deb xabar bergan Ozod Yevropa radiosi.

Avvalroq, shu oyda Zaxarova Rossiya elchixonasi sud tugaguniga qadar sudlanuvchilar bilan bog‘lana olmasligini ma’lum qilgandi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500