Karvonsaroy

Qirg‘izistondagi nodavlat tashkilotlar saratonga chalingan ayollarga yordam bermoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistondagi bir nechta nohukumat tashkiloti saratonga chalingan ayollarning kimyoviy terapiyasi uchun xayriya mablag‘ini yig‘ishga qaratilgan tadbirni tashkillashtirmoqda, deb xabar qildi 24.kg seshanba, 8-may kuni.

“Saratonga qarshi birgalikda” jamg‘armasi va “Qurdashim” bemorlar maktabi Qirg‘izistonda 20-may kuni nishonlanadigan Onalar kuniga bag‘ishlab, “Ayol hayotini asrab qoling” deb nomlangan xayriya tadbirini o‘tkazmoqda.

Loyiha tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda har yili 1000 ga yaqin saratonga chalingan ayol kimyo terapiyasini olishga qurbi yetmaydi.

“Ayollar kimyoviy preparatlarni sotib olishda yordam so‘rab, jamg‘armaga murojaat qilishadi. Davlat pul ajratmagani sabab, bemorlar kimyo terapiyasi uchun o‘zlari pul to‘lashga majburlar”, deydi tashkilotchilar.

“Shu sababli, ko‘p hollarda saratonga yo‘liqqan ayol farzandlari uysiz yoki och qolmasligi uchun o‘z hayotini qurbon qiladi”, dedi loyiha tashabbuskorlari.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500