Karvonsaroy

Mirziyoyev Vashingtonda yuqori darajali muzokalar o‘tkazadi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta 3 kunlik rasmiy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga boradi, deb xabar berdi UzDaily nashri 10-may, payshanba kuni.

Mirziyoyevning Vashingtonga birinchi rasmiy tashrifi 15-17-may kunlariga belgilangan.

U AQSH Mudofaa vazirligi, Jahon Banki va kongress a’zolari bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirgan. Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida Mirziyoyev AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi.

Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston rasmiylari turli masalalarni qamrab oluvchi hamkorlik shartnomalari to‘plamini imzolashi hamda “O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik hamkorlikning yangi davri” deb nomlangan qo‘shma bayonotni qabul qilishi kutilmoqda.

Mirziyoyev Nyu-Yorkka o‘tgan yil sentabr oyida ishchi tashrif bilan borgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Zo‘r

Javob berish