Karvonsaroy

Tojikiston xavfsizlik xizmati: Ekstremistik guruhlar o‘z da’vatida “internet-imomlar” yordamidan foydalanmoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GNKB) ma’lumotlariga ko‘ra, ekstremistik oqimlarga qo‘shilgan tojik fuqarolarining aksariyati internet orqali yollangan, deb xabar beradi 22-may, seshanba kuni Asia-Plus.

“Xorijda yashovchi internet imomlari yoshlarimizni ekstremistik guruhlarga qo‘shilishga da’vat qilib, salafiylik g‘oyalarini tarqatmoqda” deyiladi dushanba, 21-may kuni davlat telekanalida efirga uzatilgan lavhada.

Xabarda yakkama-yakka suhbatlashish yoxud yirik guruhlarga ommatan audioxabar yo‘llash imkonini beruvchi Zello ilovasi alohida tilga olinadi. U ekstremistik da’vatlarni yoyinlash vositasi sifatida baholangan.

GNKB ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Tojikistonda ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq 1300 ta jinoyat qayd etilgan, 400 kishi terrorchilik va ekstremistik faoliyatda gumonlanib qo‘lga olingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500