Karvonsaroy

Nazarboyev: Mudofaa sanoatini rivojlantirish – ustuvor vazifa

Karvonsaroy

OSTONA – Prezident Nursulton Nazarboyev chorshanba, 23-may kuni mudofaa sanoatini rivojlantirish Qozog‘iston uchun ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi, deb xabar beradi Kazinform.

Nazarboyev bu haqda Ostona shahrida 23-26-may kunlari o‘tadigan “KADEX-2018” xalqaro harbiy texnika ko‘rgazmasining ochilishida aytib o‘tgan. Ko‘rgazma Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi tomonidan tashkil etildi.

“Mamlakatimiz uzoq va yaqin qo‘shnilari bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tinchlikparvar siyosat olib bormoqda”, dedi Nazarboev. “Ammo bugungi vaziyat har qanday mamlakatning mudofaa qobiliyatini kuchaytirishni taqozo etmoqda”.

“KADEX” ko‘rgazmasi turli mamlakatlar o‘rtasida harbiy hamkorlikni kuchaytirish uchun samarali maydonga aylangan.

Yangi texnologiyalar davri mudofaa sanoatini xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy modernizatsiya uchun muhim yo‘nalishga aylantirdi, dedi Nazarboev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500