Karvonsaroy

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri “ruscha” familiyadan voz kechdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston Tashqi ishlar vaziri davlat bo‘ylab “ruscha” familiyalarni tojik familiyalarga o‘zgartirish doirasida o‘zining ruscha ko‘rinishdagi familiyasini o‘zgartirdi, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosi.

Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov ismi-sharifi Sirojiddin Muhriddinga o‘zgardi, deb tasdiqlagan ismi oshkor etilishini istamagan vazirlik xodimi chorshanba, 23-may kuni.

O‘zgarish “ikki yoki uch kun avval” vazirlik veb-sahifasida paydo bo‘lgan, deb xabar beradi manba. Ammo bu haqda rasmiy xabar berilmagan.

Prezident Emomali Rahmon vatanparvarlikni kuchaytirish maqsadida tojiklarni slavyancha familiyalarni tojikchaga o‘zgartirishga chaqirgan. U o‘zi familiyasini 2007-yilda Rahmonovdan Rahmonga o‘zgartirgan.

Prezident oilasi, hukumat vazirlari va davlat xizmatchilari ham uning yo‘lidan bordilar.

2016-yil chiqarilgan qonun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga -ov yoki -skiy kabi ruscha tugallanma qo‘shishni ma’n etadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Allaqachon qilish kerak edi.

Javob berish